Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston Hindistonning ayblovlariga javob qaytardi

Pokiston Hindistonning ayblovlariga javob qaytardi

Foto: InfoTEK

Pokiston Senati (parlament yuqori palatasi) bir ovozdan Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan teraktda Islomobodning rolini inkor qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi, deya xabar beradi Dawn portali. 

 “Pokiston o‘z nomini Pahalgam shahridagi hujum bilan asossiz bog‘lash bo‘yicha hech qanday urinishlarni tan olmaydi”, — deya hujjatdan parchalarni keltiradi portal. 

 Hujjatda aytilishicha, Senat Hindiston hukumatining “Pokistonni yomon ko‘rishga qaratilgan manipulyasiya, insofsiz kampaniyasini” ham qoraladi. Islomobod "Dehli terrorizm masalasidan" o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda, deb hisoblaydi. 

Rezolyusiyada, shuningdek, “Hind suvlari to‘g‘risidagi shartnomaning noqonuniy va bir tomonlama to‘xtatilishi ham qoralangan, bu shartnomani buzish hisoblanadi va urush harakati bilan tengdir”. Qarorda qayd etilishicha, Pokiston o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiladi. 

Avvalroq Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif Sky News telekanaliga bergan intervyusida “Agar keng ko‘lamli hujum yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lsa, keyin to‘liq miqyosli urush shubhasiz sodir bo‘ladi”, deb aytgan edi. 

"Ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi to‘qnashuv har doim tashvishga sabab bo‘ladi”, - deydi Asif.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring