Pogba Fransiya termasidan ketganini inkor qildi
Biroz avval saytimizda «The Sun» gazetasining ma’lumotlariga asoslanib, «Pol Pogba Fransiya terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi» sarlavhali xabar e’lon qilingan edi.
Biroq futbolchi bu xabarning «yolg‘on» ekanligini o‘z Tvitter sahifasida e’lon qildi. Futbolchi tomonidan ushbu raddiya deyarli 4 soatdan so‘ng berilgan.
Biroq Pogba haqidagi xabarlar nafaqat «The Sun»da, balki boshqa ko‘plab futbolga aloqasi bo‘lgan saytlarda tarqab ketgan. Xabarni tarqatgan «The Sun» Britaniyaning kunlik gazetasi bo‘lib, 1964-yil 15-sentyabrdan beri nashr qilinadi. Adadi soni ham 1,38 mln tani tashkil qiladi.
— Paul Pogba (@paulpogba) October 26, 2020
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter