Piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchalar nima uchun qo‘yilgan?
10-aprel kuni Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi D.S. o‘z mashinasini boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Sh.T.ni urib yuborgan. Olgan tan jarohatlari natijasida ayol shifoxonaga olib kelingan vaqtda vafot etgan.
Shu kuni soat 10:30da Yashnaobod tumanida ham yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu safar «Spark» rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelayotgan haydovchi I.N. yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan Sh.T.ni urib yuborgan. Natijada ayol «ikkala boldir suyaklari sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va kerakli muolajalar o‘tkazilgan.
Shuningdek, Chilonzor tumanida ham ko‘plarning ish vaqti tugab, uyga qaytish vaqti bo‘lganda, ya’ni 18:00da «Forza» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan U.S. yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyoda, pensioner R.L.ni urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi «chap boldir suyak sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yuqoridagi hodilar yuzasidan surishtiruv-tergov ishlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter