Piskentda hamshirada koronavirus aniqlandi
Toshkent viloyati, Piskent tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining tumandagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonoti e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, tumanda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida maksimal darajada ehtiyot choralari qo‘llanilmoqda. Shunga qaramay, O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, TTB tug‘ruq uyida hamshira bo‘lib ishlovchi S.A.dan koronavirus infeksiyasiga gumonlanuvchi sifatida tahlillar olinganda, «musbat» natija aniqlangan.
Shu munosabat bilan Tug‘ruq uyi ehtiyot chorasi sifatida xavfsizlik nuqtai nazaridan joriy yilning 7 iyun kuni profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazish uchun yopilib, tuman SEOM dezinfektorlari tomonidan to‘liq zararsizlantirish ishlari olib borilgan.
Profilaktik chora sifatida bemorning yashash xonadoni, u bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan ishchi-xodimlarning muloqotdagi oila a’zolari bilan birgalikda 14 kunlik uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olindi.
Bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar uy sharoitida karantinga qo‘yilib, virusologik tahlil namunalari olingan. Xonadonlarida to‘liq profilaktik dezinfeksiya va tozalash tadbirlari olib borilgan.
«Ayni vaqtda TTB tug‘ruq uyi va KTMP IIB tomonidan qo‘riqlovga olingan. Bemorning oila a’zolari faoliyat olib boruvchi go‘zallik salonining faoliyati SEOM tomonidan o‘rganilib, DSENB Piskent tuman filiali tomonidan to‘xtatildi. Bemor bilan birlamchi va ikkilamchi muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantirilmoqda, kasallikning oldini olish borasidagi qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi», — deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter