Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PIIMA va Zamin jamg‘armasi ta’lim sohasida hamkorlik qiladilar

PIIMA va Zamin jamg‘armasi ta’lim sohasida hamkorlik qiladilar

Foto: «PIIMA.UZ»

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) hamda Zamin xalqaro jamoat jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zamin xalqaro jamoat jamg‘armasi direktori Tamila Aliyeva va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ushbu hujjatni imzoladilar.

Tomonlar aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, xususan, inklyuziv ta’lim sifatini yana-da oshirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.

Hujjatni imzolash marosimida ikki tomonlama hamda xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borish, xalqaro tajriba asosida eshitishda nuqsoni bor bolalarga zamonaviy bilimlar berish faoliyatini takomillashtirish bugungi kun talabi ekanligi ta’kidlandi.

Memorandum mamlakatimizda inklyuziv ta’lim hamda axborot-texnologiyalari bo‘yicha bilim berish jarayonlarini yana-da yaxshilash uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Chunki o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarda, asosan, bolalarga axborot-texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich va asosiy bilimlar beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring