Pichoq bilan qo‘rqitgan bosqinchi ushlandi
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani Marjonbuloq shaharchasi Geologlar mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 25 yoshli yigit shu yilning 20 mart kuni soat 16 lar atrofida qo‘shnisining yotoqxonasiga o‘g‘irlik maqsadida kirdi. Ammo uy sohibasi uni ko‘rib qoldi.
Shunda jinoyatchi ayolni pichoq bilan qo‘rqitib, yotoqxonadagi 2 million 45 ming so‘m pulni olib chiqib ketdi. Ketar chog‘i bu haqda jabrlanuvchi kimgadir «churq» etadigan bo‘lsa, o‘ldirib ketishini ma’lum qilishni unutmadi. U ayolning hech kimga shikoyat qilmasligiga ishonganidanmi, pul va pichoqni molxonasiga yashirib, hech bo‘lmagandek yuraverdi.
Ammo voqea u kutganidek nihoyalanmadi. Boschqinchidan jabr chekkan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Soha vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ayblanuvchi ushlanib, 2 million 15 ming so‘m pul va pichoq yashirilgan joyidan xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164- moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayblanuvchi 2018 yilda esa ma’muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun yana sudlangan. 2019 yilda u qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganligi uchun erkin hayotini qamoqqa almashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter