Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlar qiyin ahvolga tushib qolishdi. Holat tekshirildi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Tashqi ishlar vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, tarqalgan murojaat bo‘yicha O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi xodimlari Kolpino shahriga borib tekshirgan.
O‘zbekistonliklar va ICA Construction kompaniyasining mas’ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Sankt-Peterburgdagi o‘zbekistonlik migrantlarning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.
Shuningdek, vazirlik xabarida vaziyat Bosh konsulxona nazoratida ekanligi ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter