Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peterburgda O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Peterburgda O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Foto: Yandex

Peterburgdagi bozorlardan birida O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Janjal vaqtida jarohat yetkazishga ixtisoslashgan quroldan o‘q uzilgani va uch kishi jarohatlangani aytilmoqda. Yana bir kishi raqiblariga to‘qmoq bilan tashlangan.

«Svobodnaya pressa» tomonidan yozilishicha, har ikki tomondan umumiy hisobda 8 nafar odam janjalda qatnashgan. Janjal bozorda joy talashish oqibatida yuzaga kelgan. Ayni vaqtda politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari o‘rtasidagi birinchi janjal emas. Avvalroq, joriy yilning 20 iyunida Peterburgdagi plyajlardan birida mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha mushtlashuvda har bir tomondan kamida 10 nafardan odam qatnashgani aytilgandi. Janjal oqibatida O‘zbekistonning 4 fuqarosi va Ozarbayjonning ikki fuqarosi hamda Rossiyaning bir fuqarosi politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring