Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL bahsida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

YeChL bahsida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

Foto: «Reuters»

Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan «Shaxtyor» (Ukraina) va «Antverpen» (Belgiya) o‘rtasidagi bahs Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yin ukrain klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Uchrashuv yakunlangach, futbolchilar o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Mojaroga har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillaridan tashqari zaxira vakillarigacha aralashgan.

Videodan skrinshot

Uchrashuvning bosh hakami Bartosh Frankovski ikki futbolchini mushtlashuvning sababchisi deb topib jazoladi: «Antverpen» yarim himoyachisi Arbnor Muya qizil , «Shaxtyor» darvozaboni Dmitriy Riznik esa sariq kartochka bilan «siylangan».

Mojaro Arbnor Muyaning «Shaxtyor» futbolchisini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Ularni ham tushunaman, guruh bahslarida birorta ham ochko ololmay pley-offga chiqish imkonini qo‘ldan chiqarishdi. Ular alamidan provokatsiya uyushtirib, kayfiyatimizni buzmoqchi bo‘lishdi», degan ukrainalik himoyasi Valeriy Bondar.

Ma’lumot uchun, «H» guruhi 12 ochko jamg‘argan «Barselona» nimchorakfinal masalasini hal qilgan. «Portu» hamda «Shaxtyor» hisobida to‘qqiz ochkodan bor, to‘plar nisbatiga ko‘ra portugallar ikkinchi, ukrainlar esa uchinchi o‘rindan joy olishgan. Besh turda birorta ham ochko to‘play olmagan «Antverpen» so‘nggi o‘rinda bormoqda.

So‘nggi turda «Shaxtyor» safarda «Portu» bilan o‘ynasa, belgiyaliklar «Barselona»ni qabul qilishadi. Uchrashuvlar 13 dekabrga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring