Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peshkulik «Ahmadboy» 11 oyda yarim million dollar «ishladi»

Peshkulik «Ahmadboy» 11 oyda yarim million dollar «ishladi»

Buxoroning Peshku tumanida «Ahmadboy» borligi aniqlandi. U ham chinozlik «salafi» yo‘lidan borib, moliyaviy piramida shakllantirishga urinayotgani aniqlangan.

Ya’nikim, fuqaro N. Z. (1996 yilda tug‘ilgan) mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmasiga majburiyat olish yo‘li bilan fuqarolarning pul mablag‘lari va mol-mulkini jalb etib kelgan. O‘n bir oylik «faoliyati» (joriy yilning yanvar-noyabr oylari) davomida 21 nafar fuqaroning ishonchini qozonib, ularning 633400 AQSh dollari va 22,5 mln. so‘m pullarini jalb etishga erishgan. Ular oldidagi majburiyatini yangi jalb etilgan «mijozlari» hisobidan qisman bajargan esa-da, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga kiritgan pul miqdori 577400 AQSh dollari va 22,5 mln. so‘mni tashkil etadi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Departamentga tayanib ma’lum qildi.

Bundan tashqari Sh.Z. jinoiy faoliyati davomida qo‘lga kiritgan mablag‘larining asl xususiyati va manbaini yashirish maqsadida 153,0 mln. so‘mga «Lada Vesta» rusumli avtomashina sotib olib, (jinoiy faoliyatdan) olingan daromadini legallashtirgani alohida qayd etiladi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring