Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita telegram-kanal ma’muri tovlamachilik qilgani uchun qamaldi

Ikkita telegram-kanal ma’muri tovlamachilik qilgani uchun qamaldi

Foto: «RBK»

«Kak-to vot tak» va «Politburo 3.0» telegram-kanallari ma’muri Anatoliy Spirin «Rostex» korporatsiyasining maxsus topshiriqlari bo‘yicha direktoriga nisbatan tovlamachilik qilishda aybdor deb topildi. Sud uni ikki yarim yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Baza telegram-kanali.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, Spirin mansabdor shaxslar va ishbilarmonlar haqida ataylab yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilgan va so‘ngra ularni o‘chirib yuborish uchun pul talab qilgan. Xususan, u mazkur jinoyat ishi jabrlanuvchilaridan biri «Rostex» direktori Vasiliy Brovkodan 150 ming rubl talab qilgan. Tergov davomida Spirin tovlamachilik orqali 18 million rubl ishlab topgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Anatoliy Spirin Vasiliy Brovko va uning rafiqasi Tina Kandelaki haqida uchta post chiqargan. Shundan so‘ng Borovko vositachilar orqali Spiringa aloqaga chiqib, u e’lon qilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, ularni o‘chirish va bundan keyin ushbu shaxslar haqidagi salbiy xabarlar chiqarmaslikni so‘raydi.

Telegram-kanal ma’muri salbiy xabarlarni e’lon qilmaslik narxi 20 ming, postlarni o‘chirish esa 150 ming ekanini ma’lum qilgan. Pul to‘langach, postlar o‘chirilgan.

Baza telegram-kanali

Brovkoning vakili va Spirin o‘rtasidagi yozishma yozning boshida, 6-7 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ario‘a to‘rt oydan keyin, sentyabr oyining oxirida topshirilgani aytilmoqda.

Vasiliy Brovko va telegram-kanallari ma’murlari o‘rtasidagi jang shu bilan tugamaydigan ko‘rinadi. «Rostex»ning TOP-menejerining arizasiga ko‘ra yana bir nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Sud «Proyekt Skaner» va «Riddle» telegram-kanallari ma’murlariga nisbatan allaqachon hukm chiqargan: 3 kishiga 8 yil qamoq jazosi berildi. «Tushite svet» telegram-kanali vakillariga qarshi yana bir ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.

30 noyabr kuni bir qancha telegram-kanallarda turli postlar e’lon qilib, ularni o‘chirish evaziga pul talab qilib kelgan yirik PR-agentliklari rahbarlari va ularning hamkorlari qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring