Peruda to‘qqiz kishi ovqatdan zaharlanib halok bo‘ldi
«Peruda dafn marosimida tortilgan taomdan to‘qqiz kishi zaharlanib halok bo‘ldi», — deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.
Voqea mamlakat janubidagi Ayakucho shahrida o‘tkazilgan dafn marosimida sodir bo‘lgan.
Mintaqaviy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Jon Tinkoning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar go‘sht aralashtirilgan jo‘xoridan zaharlangan.
O‘sha taomdan tanovul qilgan 20 kishi ham oshqozonidan shikoyat qilib shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter