Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi? Bu juda oson!
![Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi? Bu juda oson!](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1363642674.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi, shuningdek «Mobi Tel Inform» MChJning tashkiliy-texnik yordami asosida Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etilganligini ma’lum qilindi.
Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so‘rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:
1.Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:
Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring
Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.
Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;
61 - SMS tizimidagi kod;
052018 – talab qilingan (o‘tgan) davr uchun SMS–ma’lumot. Ushbu davr SMS- so‘rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo‘lishi zarur.
2.Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun - *7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.
Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter