Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqani yana naqd pulda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi

Pensiya va nafaqani yana naqd pulda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi

Karantin davrida kasallik yuqishi xavfidan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan vaqtinchalik chora sifatida pensiya va nafaqa pullari plastik kartalarga o‘tkazilayotgan edi.

Joriy yil 13 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan ayrim pensionerlarning e’tirozlari hisobga olinib, ushbu tartib bekor qilindi.

Endilikda, AT Xalq bankining avvalgi amal qilib kelingan pensiya tarqatish tizimi, ya’ni bank sayyor kassalari mahalliy xokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov grafiklari asosida har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda pensiya va nafaqa pullari naqd shaklda nafaqa oluvchi va pensionerlarning yashash manzillariga yetkazib beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring