Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar boshlandi

Pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar boshlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy ijodiy imtihonlar boshlandi. Joriy yilning 28 iyul sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, Musiqiy ta’lim, Jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Ijodiy imtihonlar Chilonzor tumanida joylashgan universitetning bosh binosi xamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport majmuasida bo‘lib o‘tyapti.

Imtihonlar o‘tkazilishidan oldin abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon o‘tkazish sanasi, joyi va vaqti ma’lum qilingan.

Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini https://imtihon.edu.uz/Toshkent/25 havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiyot niqobi va qo‘lqopi, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring