Payariqlik fuqaro giyohvandlik moddalarini IIBga o‘z xohishi bilan topshirdi
![Payariqlik fuqaro giyohvandlik moddalarini IIBga o‘z xohishi bilan topshirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2606256957.jpg)
Samarqand viloyati IIB xodimlari «Qora dori –2018» tadbiri davomida Payariq tumanidagi Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro K.M.S. yashash uyi va qo‘shimcha xo‘jaligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda «Zarnews» yozmoqda.
Tekshiruv davomida u og‘ilda buyi 1 metrdan 1,65 metrgacha bo‘lgan 1 800 tup ko‘knori va 20 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.
K.M.S. bilan qo‘shimcha tushintirish ishlari olib borilganida, u uyidan o‘z ixtiyori bilan 3 dona paket ichiga solingan marixuana va boshqa turdagi giyohvand moddasini olib chiqib IIB xodimlariga taqdim qilgan.
To‘plangan hujjatlar Payariq tumani IIBga topshirilib, jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi kunda tergov harakati olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter