Payariqda kovorking markazi ochildi. U nima uchun kerak?
«Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi doirasida Camarqand viloyatining Payariq tumanida yosh tadbirkorlar uchun kovorking markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda «zarnews.uz» xabar berdi.
«Yosh tadbirkorlar» kovorking markazi yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Endilikda tadbirkorlikka qiziqqan payariqlik yoshlar biznes haqida kerakli bilimlarga ega bo‘lishlari, yosh tadbirkorlar esa o‘zlarini qiynagan savollar bilan ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter