Payariq tumani hokimi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketdi
Bugun xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqida Samarqand tumani hokimligi xabar qilmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, 2019-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o‘z arizasiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Ergashev Zafar Avazovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq, G‘ijduvon, Guliston va Xiva tumanlarida ham hokim almashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter