Paxtaobodga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga Boboyev Shoyatbek tayinlandi.
Shoyatbek Boboyev 1981 yilda Andijon viloyatining Xonobod shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda (sirtqi) Andijon qishloq xo‘jalik institutini, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida «Uz-koje», «O‘zbekiston Temir yo‘llari», «Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari, Xo‘jaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter