Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxtakor»ga poytaxt budjetidan 7 mlrd so‘m ajratiladi

«Paxtakor»ga poytaxt budjetidan 7 mlrd so‘m ajratiladi

Toshkent shahrining mahalliy budjetidan «Paxtakor» futbol klubi hisobiga 7 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib beriladi. Shahar hokimi Shavkat Umrzoqov bu haqdagi tegishli qarorini joriy yilning 13 iyulida imzolagan.

Hujjatda yozilishicha, «Paxtakor» FK MChJning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal xizmatlar va o‘yin o‘tkazish xarajatlarini qoplab berish maqsadida Toshkent shahar hokimligining klub ustav fondidagi ulushini oshirish hisobiga mahalliy budjetning zaxira jamg‘armasi hisobidan 7 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 

2021-yil 30-apreldagi «Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, «Paxtakor» futbol klubining bosh homiysi Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring