Shavkat Mirziyoyev: «Paxta yetishtirishni klasterlarga topshirish kerak»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi «Besh sada» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat fermerlari, qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan suhbatda paxtani qo‘shqator tarzda ekishning samarasi, klaster usulining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
— Klasterdan eng katta maqsad — sifat va daromad. Paxta yetishtirishni klasterlarga topshirsak, dala ishlari tizimli va o‘z vaqtida bo‘ladi, daromad oshadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni malakali kadrlar qilib voyaga yetkazish, odamlarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter