Pavlodarga ketayotgan 58 nafar o‘zbekistonlik yana bir fojiadan qutqarib qolindi

Pavlodar viloyatiga avtobusda ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi Toshkentdan Krasnoyarskga yo‘l olgan edi.
Avtobus sovuqqa bardosh berolmagan va Pavlodarning Shidert qishlog‘i yaqinida to‘xtab qolgan. Bu vaqtda avtobusda 57 nafar yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Ular mashinadan Shidert qishlog‘idagi isitish punktiga evakuatsiya qilingan. Avtobus isitilgach, yo‘lovchilar Pavlodarga kuzatib qo‘yilgan.
Taxminlarga ko‘ra, agar voqea ro‘y bergan joyda isitish punkti bo‘lmaganda yo‘lovchilar muzlab qolishlari mumkin edi. Hozirda avtobus Pavlodardagi avtoturargohda. Uni ta’mirlashlari bilanoq, transport vositasi o‘z yo‘lini davom ettirishi mumkin. Mahalliy politsiya xodimlari esa uni Rossiya chegarasiga qadar kuzatib qo‘yishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter