Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pavel Durov «Telegram»ga qo‘yilgan to‘siqni «300 spartalik» jangiga qiyosladi

Pavel Durov «Telegram»ga qo‘yilgan to‘siqni «300 spartalik» jangiga qiyosladi

Foto:«News.rambler.ru»

«Telegram» asoschisi Pavel Durov Rossiyada messenjerga qo‘yilgan to‘siqni «300 spartalik» filmiga qiyosladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«300 spartalik – mening sevimli kinofilmim. O‘z vatandoshlari ozodligi uchun kurashgan 300 jangchining jasorati insonlarni oradan ming yillar o‘tgan bo‘lsa-da, hayratlantirib kelmoqda», deb yozgan u o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Messenjerga to‘siq qo‘yilishiga obrazli munosabat bildirdi. «Frontdan yangiliklar: rossiyalik rasmiylar «Telegram»ga ta’qiq qo‘yish maqsadida 18 millionta IP-manzillarga to‘siq qo‘yishdi. Lekin, dastur rossiyaliklar uchun ochiqligicha qoladi», deb yozadi Durov.

Durov foydalanuvchilarning qo‘llab-qavvatlashi va mehri uchun ham minnatdorchilik izhor qildi.

Avvalroq Taganskiy tuman sudi «Roskomnadzor» arizasi bo‘yicha «Telegram» messenjeriga Rossiya hududida to‘siq qo‘yish haqida hukm chiqargan edi. Bunga esa messenjer ma’muriyatining foydalanuvchilar haqidagi shifrlash kalitlarini FSBga taqdim qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring