Pavel Durov mobil telefondan foydalanmasligi ma’lum bo‘ldi

Telegram va «VKontakte» asoschisi Pavel Durov kundalik hayotda mobil telefondan foydalanmaydi. Bu fakt jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum bo‘ldi.
«Telefonim bor, ammo ishlatmayman. Telefon chalg‘itadi, shuning uchun yonimda olib yurmayman. Qolaversa, telefon shaxsiy daxlsizlikka putur yetkazadi», — dedi tadbirkor.
Durovning aytishicha, juda muhim ishi chiqib qolsa noutbuk yoki iPad planshetidan foydalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter