Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘omdagi serqatnov ko‘prik avariya holatida. Aholi uning qulab tushishidan xavotirda

Pastdarg‘omdagi serqatnov ko‘prik avariya holatida. Aholi uning qulab tushishidan xavotirda

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Eski Charxin posti yonida temiryul ustiga qachonlardir qurilgan ko‘prik bugun ayanchli ahvolga kelib qolgan.

«Xabar.uz»ga taqdim etilgan ma’lumot va fotolarda ko‘prikning avariyaviy holatga tushib qolgani yaqqol aks etib turibdi.

Foto: «Xabar.uz»

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘prik tushgan yo‘l Pastdarg‘om tumanidan Samarqand tumani hududiga, shu bilan Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yo‘liga borib tutashadi.

«Ahamiyatlisi, bu yo‘ldan kuniga minglab yengil va og‘ir yuk avtomobillari qatnaydi. Yo‘lning hozirgi holati esa juda xavfli va ayanchli. Ko‘prikdan yurak hovuchlab o‘tasiz, mashinangiz g‘ildiragi tushib ketar darajada betonlarda yoriqlar paydo bo‘lgan», deyiladi murojaatda.

Aytilishicha, hozirda ko‘prikning o‘ta yaroqsiz holatdagi qismi yopib quyilgan, og‘ir yuk mashinalari (30-40 tonnaliklari ham bor) va yengil mashinalar ko‘prikdan bir tomonlama harakatlanmoqda. Agar shu holat davom etaversa, ko‘prik temir yo‘li ustiga qulab tushishi hech gap emas, degan xavotirda mahalliy aholi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring