Pastdarg‘omda yana hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman kengashining navbatdagi tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Bahodir Safiyullayevich Sa’dullayev o‘z arizasiga binoan Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Shu paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Pastdarg‘om tumani hokimi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Sa’dullayev 2018-yilning 1-avgust kuni Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter