Pashinyan: Armaniston KXShTning barcha organlaridagi faoliyatini muzlatdi
Armaniston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda bugun, 31-avgust kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bayonot berdi.
«Biz KXShTning barcha organlaridagi faoliyatimizni muzlatdik va hozircha shu yetarli deb hisoblaymiz. Hozir boshqacha qaror qabul qilish zaruratini ko‘rmayapmiz, lekin bu kelajakda boshqa qaror qabul qilmaymiz degani emas», — Pashinyandan iqtibos keltirdi TASS.
Nikol Pashinyan 2024-yil 12-iyunidagi bayonotida Armaniston KXShT a’zoligidan chiqishini aytgan, ammo uning sanasini ma’lum qilmagandi. Pashinyan KXShTga a’zo davlatlarni Armaniston va Ozarbayjonga qarshi urush rejalashtirganlikda ayblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter