Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parrandachilikka ham imtiyozli kredit va subsidiya beriladi

Parrandachilikka ham imtiyozli kredit va subsidiya beriladi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish faqatgina my.vetgov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Shuningdek:

  • 2022 yil 15 maydan boshlab 2022 yil 30 sentyabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun subsidiya miqdori 150 so‘m;
  • 2022 yil 15 maydan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chorvachilik sub’yektlariga ham subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring