Parolni unutdingizmi? «Chrome» yordam beradi
Deylik, siz biron-bir saytda ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, vaqt o‘tishi bilan parolingizni unutib qo‘ydingiz. Parolni aniqlash oson: chunki «xrom»da qachonlardir yaratilgan barcha parollar saqlanib qoladi.
Bu maslahat «Chrome 69» brauzeri va undan keyingilari uchun
- Profilingizning ikonkasi tugmasini bosing
- Eng yuqorisidagi «Parollar» («Paroli») tugmasini bosing
- Parolli saytingizni toping.
Umumiy tavsiyalar
- Brauzerning o‘ng yuqori burchagidagi uch nuqtani bosing
- «Sozlamalar» («Nastroyki»)ga kiring
- «Parollar» (Paroli») bo‘limiga o‘ting
- Qidiruv qatoriga kerakli sayt manzilini yozing.
Shuningdek, quyidagi havola ham sizning parollaringizni osongina topib beradi:
chrome://settings/passwords
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter