Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentda kuchli yomg‘ir oqibatida 47 kishi adirda qolib ketdi

Parkentda kuchli yomg‘ir oqibatida 47 kishi adirda qolib ketdi

Joriy yilning 20-mart kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqarolar tomonidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Parkent tumani, Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarga o‘z avtomobillarida dam olish maqsadida borgan fuqarolar kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida adirliklarda qolib ketganligi va pastga tushaolmayotganliklarini aytib, ularga yordam kerakligini ma’lum qilganlar.

Xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar 7 ta maxsus texnika bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borganlar, deyiladi FVV xabarida.

Amalga oshirilgan tezkor sa’y harkatlar natijasida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarning 13 ta yengil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring