Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent tumaniga hokim tayinlandi

Parkent tumaniga hokim tayinlandi

Isaqulov Sardor Dadajonovich Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.

Sardor Isaqulov 1986 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini (kunduzgi) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2006 yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasini uzatilishini hisoblash bo‘limida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda ishlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalgi hokim Shohruh Shoahmedov faoliyatida yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring