Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent hokimi va «Kaptiva» mashmashasi. Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Parkent hokimi va «Kaptiva» mashmashasi. Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Illyustrativ foto

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan «Mega Karer» MChJdan Kaptiva rusumli avtomobil 260 mln. so‘mga sotib olingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Xabarda sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlik aloqalariga alohida urg‘u berilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi Kaptiva avtomobili xarid qilgan va vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligini tasdiqlagan. 

Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring