Parijda noma’lum kimsa pichoq bilan odamlarga hujum qildi
Parijda noma’lum kimsa pichoq bilan 7 kishini yaraladi. Voqea kechki payt Parij shahrining 20-okrugidagi kinoteatr yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlab jinoyatchi metall sim bilan bir erkak va ayolga tan jarohati yetkazgan. Hujumga guvoh bo‘lgan bir kishi jinoyatchiga metall shar otib uni qo‘rqitib yuborgan. Shundan so‘ng bezori qochib ketgan. Keyinroq esa Anri Noger ko‘chasida ikki nafar angliyalik sayyohga hujum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida yetti kishi jabrlangan. Ulardan besh nafari jonlantirish bo‘limida.
Bezori jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tomonidan qo‘lga olingan. Hujum terakt emasligi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter