Parij yaqinida chechen reketchilari qo‘lga olindi
Fransiya politsiyasi Parij yaqinidagi Sen-Deni shaharchasida 23 nafar chechen reketchisini qo‘lga oldi. «Le Figaro» gazetasi yozishicha, chechenlar yuk avtomobillari haydovchilaridan pul undirishda ayblanmoqda.
Gazeta xabariga ko‘ra, chechenlar 13-oktyabr kuni tutilgan. Hibsga olinganlar Parijga Sharqiy Yevropadan kirib keluvchi har bir yuk mashinasi haydovchisidan 200 yevrodan undirib kelishgan. Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, shu yo‘l bilan jinoiy to‘da oyiga 200 ming yevrogacha undirgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter