Parij O‘zbekistonning ikkita ko‘rgazmaciga mezbonlik qiladi
2022-yilning noyabr oyida Parijda O‘zbekistonning qadimiy madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan ikkita ko‘rgazma ochiladi.
Ulardan biri — «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi 2022-yil 24-noyabrdan 2023-yil 6-martgacha Luvrda bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada bugungi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qilinadi. Unda monumental va dastgoh san’ati obyektlari, devor rasmlari, saroylarning o‘ymakor jihozlari, san’at va hunarmandchilik buyumlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar jami 168 ta muzey eksponati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi: shulardan 137 tasi O‘zbekistonning 13 ta muzeyiga tegishli miloddan avvalgi VII-V asrlardan Temuriylar davrigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan eksponatlar, 31 tasi jahonning yetakchi muzeylari — Britaniya muzeyi, Britaniya kutubxonasi, Londondagi Viktoriya va Alberta muzeyi; Medallar kabineti, Fransiya Milliy kutubxonasi, Gime muzeyi, Luvr, Parijdagi Tillar va sivilizatsiyalar universiteti kutubxonasi, shuningdek, Klivlend muzeyi (AQSh) va Galust Gyulbenkian jamg‘armasi (Lissabon) eksponatlaridir.
Har biri o‘ziga xos bo‘lgan eksponatlar orasida islom olamining eng muhim qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan VIII asrga oid «Katta Langar Qur’oni» alohida ajralib turadi. Katta Langar Qur’oni Islom va musulmonlar uchun ulkan diniy ahamiyatga ega bo‘lib, butun insoniyatning madaniy va tarixiy merosini tashkil etuvchi qadriyatlardan biridir.
Mazkur Qur’on Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Langar ota» jome’ masjidida uzoq vaqt saqlangan. Islom olamida u Mushafning eng qadimgi qo‘lyozmalaridan biri hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter