Pandemiya tug‘ilishni kamaytirdi
Koronavirus pandemiyasi Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish ko‘rsatgichini pasaytirdi. Eng sezilarli holat Italiya, Portugaliya va Yevropa Ittifoqining janubidagi boshqa mamlakatlarda qayd etilgan. Bu haqidagi ma’lumotlar PNAS jurnalida chop etilgan.
«Pandemiya tug‘ilishning umumiy ko‘rsatkichlarining sezilarli pasayishini yuzaga keltirdi. O‘rganilgan 22 mamlakatning yettitasida tug‘ilish surati pasaygan, asosan janubiy mamlakatlarda kuchli pasayish (Ispaniya) -9,4 foiz; Italiya -4 foiz; (-6,6 foiz)ni ko‘rsatgan», deydi olimlar.
Shuningdek, tug‘ilishning pasayishi Vengriya (-8,5 foiz), Belgiya va Avstriyada ham qayd etilgan – pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlariga nisbatan qariyb 5,2-5,5 foiz kam.
Xuddi shunday tendensiya Osiyoning Yaponiya, Singapur, Isroil va Janubiy Koreya mamlakatlarida ham kuzatilgan.
Shimoliy Yevropa mamlakatlarida (Daniya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya) esa tug‘ilish nisbatan o‘sgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu Shimoliy Yevropa mamlakatlari hududida koronavirus pandemiyasining nisbatan kam tarqalishi va rivojlangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter