Pandemiyalar vaqtida eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi

«Deep Knowledge Group» (DKG) fondi ekspertlari pandemiyalar vaqtida eng xavfsiz mamlakatlar reytingini tuzishdi.
Britaniyaning «Express» nashriga ko‘ra, xavfsizlik bo‘yicha yetakchi davlat maqomini Isroil oldi.
Ekspertlar doimiy krizislar sharoitida yashab kelayotgan bu mamlakat favqulodda vaziyatlarda chegaralarni yopib qo‘yish bo‘yicha katta tajribaga egaligini ta’kidlashgan.
Ikkinchi o‘rinda — Germaniya. Hozirgi koronavirus paytida ham bu mamlakat Yevropaning boshqa mamlakatlariga solishtirilganda, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Vaziyat o‘nglanganidan so‘ng Germaniya boshqalarga nisbatan yaxshiroq iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya ham yetakchi uchlikda.
Keyingi o‘rinlarda: Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, Tayvan, Singapur, Yaponiya va Gonkong.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter