Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotdan ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda dolzarb bo‘lmagan 5 ta bakalavriat yo‘nalishi tugatilib, 2 ta magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi. O‘quv va mashg‘ulotlar jarayoniga federatsiyalarning tajribali mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi.

Sport sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo‘lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.

Ta’lim va ilm bog‘liqligini mustahkamlash uchun yagona kuzatuv kengashi tuzish rejalashtirilgan. Bu kengash sport muassasalarining boshqaruv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil qilishga bosh-qosh bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring