Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» raisi lavozimidan ozod etildi

«O‘ztransgaz» raisi lavozimidan ozod etildi

Foto:Xalqaro press klub

Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» aksionerlik jamiyati raisi lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda «O‘ztransgaz»  aksionerlik jamiyatining matbuot kotibi Lolaxon Sobirovaga asoslanib, «Turon 24»  xabar berdi. 

Uni nima sababdan ishdan bo‘shatilganiga aniqlik kiritilmagan. «Bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q», deya ma’lum qilgan Sobirova.

Kompaniyaning amaldagi rahbari tayinlanmagan.

Joriy yilning iyulida Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga rais etib tayinlangan edi. Bunga qadar majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi respublika iste’molchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring