Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» nazoratchisi qo‘lga tushdi

«O‘ztransgaz» nazoratchisi qo‘lga tushdi

«O‘ztransgaz» AJ Farg‘ona magistral boshqarmasi Namangan bo‘limi nazoratchisi 700 AQSh dollari miqdorida pora bilan ushlandi.

Namangan shahar, Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Davlatobod tumani, «Yuksalish» MFY hududida umumiy maydoni 50 sotixdan iborat bo‘lgan ekin yer maydoni mavjudligini, ushbu yer maydonining 30 sotix qismida «issiqxona» tashkil etib, foydalanib kelayotganligini, 2023 yilning fevral oyi boshlarida yer maydonining qolgan 20 sotix qismida ham issiqxona tashkil etish maqsadida qurilish ishlarini boshlamoqchi bo‘lgan vaqtida «issiqxona»siga o‘zini «O‘ztransgaz» AJ Farg‘ona magistral boshqarmasi Namangan bo‘limi nazoratchisi deb tanishtirgan shaxs kelib, mazkur hudud yer ostidan katta bosimli gaz liniyasi o‘tganligini, qurilish ishlarini olib borish uchun o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan idoraning ruxsatnomasini olish kerakligini aytib, evaziga 700 AQSh dollari miqdorida pul so‘rayotganini ma’lum qilgan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida nomi keltirilgan fuqaro murojaatchidan 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring