O‘zsanoatqurilishbank va Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
Joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhi delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Jidda shahriga tashrifi doirasida O‘zsanoatqurilishbank va Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi o‘rtasida 15 million dollar miqdoridagi kelishuv tuzildi.
Saudiya Arabistoniga Islom taraqqiyot bankining Yillik anjumanida qatnashish maqsadida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi ishchi gurihi a’zolari tarkibida O‘zsanoatqurilishbank vakillari ham o‘rin oldi.
Anjuman doirasida Bank hamda Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iktisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar olib borilib, natijada kelishuv bitimi hujjat imzolandi.
Kelishuvga binoan ushbu xorijiy moliya muassasasidan jalb qilinuvchi qayta tiklanadigan moliyalashtirish liniyasi (revolver) kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, tomonlar bank mutaxassislarining yangi noan’anaviy bank mahsulot va xizmatlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida moliyalashtirishning islomiy usullari (jumladan, “murabaxa” – iste’mol krediti) bo‘yicha o‘quv-amaliy dasturlarni tashkil etishga kelishib oldi.
Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tizimida Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi moliya institutlari bilan sherikchilik munosabatlari tobora kengayib bormoqda.
Xususan, Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi bilan 2009, 2012 va 2021 yillar davrida umumiy miqdori 48 mln. dollar bo‘lgan moliyalashtirish liniyalari jalb qilingan bo‘lsa, Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi bilan 2019-2021 yillar davomida savdoni moliyalashtirish liniyalarini taqdim etish to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan edi.
Uchrashuvda tomonlar yangi hamkorlik kelishuvi ikki davlat biznes doiralari uchun yanada manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.
Bank Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter