Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» tashqi moliyaviy bozorga chiqdi

«O‘zsanoatqurilishbank» tashqi moliyaviy bozorga chiqdi

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank»

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida «Oriyenbank» bilan imzolangan bitimi bo‘yicha «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 5 mln. dollar miqdorida birinchi tranzaksiyani amalga oshirdi.

Imzolangan banklararo bitimga ko‘ra, ilk bor o‘zbek banki xorijiy bankka O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini taqdim etdi.

Yaqin vaqtlarda bank tomonidan o‘zbek tovarlari va xizmatlari eksportini rag‘batlantirishga qaratilgan uzoq muddatli kredit liniyalarini taqdim etish dasturini rejalashtirilmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan ushbu bank instrumentlari va moliyaviy xizmatlar xorijiy banklarga taqdim etilishi O‘zbekistonning tashqi bozorlarda mahsulot raqobatbardoshligi va eksporti xajmini oshirish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring