Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekovning qo‘shig‘iga chellenj e’lon qilindi. G‘olibga qimmatbaho sovrin bor

Ozodbek Nazarbekovning qo‘shig‘iga chellenj e’lon qilindi. G‘olibga qimmatbaho sovrin bor

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan murojaatga atab «Go‘zal hayot» nomli qo‘shiq aytgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida «Go‘zal hayot» chellenji e’lon qilindi.

«Karantin davrida uyda qolib, o‘z iqtidoringizni namoyon etib, har bir kuningizni mazmunli o‘tkazing.

Chellenjda ishtirok etish uchun «Go‘zal hayot» nomli qo‘shiqni kuylang va facebook hamda instagram ijtimoiy tarmoqlariga #gozalhayot xeshtegi ostida joylashtiring. Chellenjda eng ko‘p tomoshabin yig‘a olgan ijrochi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar uchta tur bo‘yicha aniqlanadi:

1. 16 yoshgacha bo‘lgan eng yosh ijrochi;
2. 16 yoshdan katta eng yaxshi ayol ijrochi;
3. 16 yoshdan katta eng yaxshi erkak ijrochi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanishadi. Mukofotlar karantin tugagach Madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring