Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» yurtimizda tez o‘sayotgan soha rivojiga hissa qo‘shmoqda (video)

«O‘zmilliybank» yurtimizda tez o‘sayotgan soha rivojiga hissa qo‘shmoqda (video)

Xizmat ko‘rsatish sohasining YaIMdagi ulushi AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda 70 foizdan oshishini bilarmidingiz? Oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda ham ushbu soha tobora rivojlanib borayotganinichi?

Har bir inson yaxshi yashashni istaydi. Yaxshi yashash uchun esa, xizmat ko‘rsatish sohasi yaxshi ishlashi kerak. Tan olish lozim, so‘nggi yillarda aynan shu soha eng rivojlanayotganlardan biri bo‘lib turibdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bejizga xizmat ko‘rsatishga katta e’tibor qaratmayapti. «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ushbu sohaning rivojini o‘rganish maqsadida o‘tgan hafta Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Shuningdek, press-tur doirasida ishtirokchilar Bankning Jizzax viloyati filiali faoliyati bilan ham tanishdilar.

«O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati filiali 1994 yil 30 oktyabrda tashkil topgan bo‘lib, shu kunga qadar Jizzax viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, Jizzax shahrida, Jizzax Erkin iqtisodiy zonasida va Mirzacho‘l tumanida bankning 3 ta filiali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Paxtakor tumanida 1 ta Bank xizmatlari ofisi (BXO) esa aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Mazkur filiallar va BXOlar tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan Jizzax viloyatida katta maydonlarda intensiv bog‘lar, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil topdi. 2021 yilda tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda sanoat sohasida 152,0 mlrd. so‘mlik 24 ta loyiha, qishloq xo‘jaligida 59,8 mlrd. so‘mlik 49 ta loyiha, xizmat ko‘rsatishda 92,1 mlrd. so‘mlik 132 ta loyiha amalga oshirilgan. Ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 2 618 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Filialda jami 159,2 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 152,5 mingtasi jismoniy shaxslar va 6,7 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 82,3 mlrd. so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 13 ta bankomat, 3 ta infokioska, 1110 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida viloyat hududida filialga tegishli 4 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 1 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bankning filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 53 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.

Shuningdek, Jizzax viloyati to‘qimachilik, tekstil mahsulotlari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, xususan bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasi viloyatning asosiy drayveriga aylanib ulgurdi.

Bugungi kunda viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xizmatlar sohasining ulushi ham jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Mazkur yo‘nalishda viloyatda 14 mingdan ziyod korxona aynan servis sohasida faoliyat olib boryapti.

2021 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish hajmi 2,3 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 118,0 foizga yetgan. Bugun viloyatda 14 mingdan ziyod korxona aynan servis sohasida faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, hududda yana 4 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ehtiyoj mavjud.

Joriy 2022 yilning 1 chorak yakuni viloyatda xizmat ko‘rsatish xajmi 1 trln. 747 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 116,0 foizga yetgan hamda 7,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Yil boshidan yangi tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish korxonalari soni 696 tani tashkil etadi.

Joriy 2022 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish xajmini 9,9 trln.so‘mga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda 25,7 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring