Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ bank filiali va ko‘rgazmaga press-tur tashkil etdi

«O‘zmilliybank» AJ bank filiali va ko‘rgazmaga press-tur tashkil etdi

Dastlabki manzil,  «O‘zmilliybank» AJning Olmazor filiali bo‘ldi. 

Ta’kidlash kerakki, filialda jismoniy shahslarga onlayn va mobil aloqa orqali xizmat ko‘rsatish, «skoring» va avtomatlashtirilgan modulli kredit ajratish tizimini joriy etilishi o‘z navbatida filialning xar bir mijozga individual yondashishuvini ta’minlabgina qolmay, yuzaga kelgan muammolarni operativ tarzda hal etilishiga ko‘maklashmoqda.

Bugungi kunda filialda jami 27200 ta mijozga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 25000 ta jismoniy shaxslar bo‘lsa 2200 ta yuridik shaxslardir.

To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida umumiy hisobda 9 ta bankomat, 5 ta infokioska, 949 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Bank filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida e’tibor beriladi.

Jumladan, Bank mijozlarining 75 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin. 

Har qanday mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Ular uchun sharoit yaratilishi yangi ish o‘rinlari ochilishiga olib keladi va aholining turmush darajasi yashilanishiga sabab bo‘ladi. Mamlakat korxonalariga moliyaviy yordam ko‘rsatib kelayotgan «O‘zmilliybank» AJ bu borada o‘z hissini qo‘shmoqda. Jumladan, «FINLAND BUTTER» X/K ham «O‘zmilliybank» AJ moliyaviy ko‘magi asosida o‘z faoliyatini rivojlantirdi.

Kompaniya bozorda 10 yillik tajribaga ega «FINLAND», «ShVEDSKOYe», «DONNA», «KIYeVSKOYe», «SANTO», «SLIVOChNOYe UDOVOLSTVIYe», pechenelari va «PANKIE»  singari mahsulotlarni ishlab chiqaradi. «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ajratilgan 1 mln AQSh dollari evaziga korxona mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo harid qilinib, natijada 76 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Korxona yiliga 900 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, eksport geografiyasi MDH davlatlari, AQSh, BAA, Qatar qirolligi, Mongoliya kabi davlatlarni qamrab olgan.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va «O‘zmilliybank» AJ ga asos solinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma faoliyati bilan tanishdik. Ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek rassomlari va haykaltarosh ijodkorlari tomonidan yaratilgan sara asarlardan tashkil topgan bo‘lib, shu kabi bayramona ko‘rgazmalarni  tashkil etish an’anaga aylangan.

Galereyaning 2-qavati markaziy tantana zalida shakl va ranglar uyg‘unligidagi zamonaviy tasviriy san’at asarlari taqdim etilgan bo‘lsa, huddi shu qavatning o‘ng tomon zallarida O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’ati yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan va tarixiy ildizlari an’anaviy miniatura san’ati bilan bog‘liq dekorativ uslub ustuvordir. 

Ayniqsa B. Muhammedov qalamiga mansub «Sayr», «Yomg‘ir rangidagi osmon», «Bahor», M. Safining «Qirg‘ovul xayqirig‘i», G‘.Ibrohimovning «Anorliy noz», «Gullar vodiysi», B.Obidovning «Kashtado‘zlar qo‘shig‘i», Akmal Nurning «Kushon kelini» kabi asarlari har bir tomoshabinni o‘ziga tortadi va xayolot olamiga yetaklaydi. Numizmatika zalida qadimgi eramizdan avvalgi IV va eramizning  III asrlarida qadimiy davlat va sulolalarning O‘zbekiston xududida muomalada bo‘lgan tangalari o‘rin olgan.

Va nihoyat biz jajji rassomlar uchun mo‘ljallangan zalga ham yetib keldik. Bu yerda bolajonlarga asosan rassom Bolat Ilyasov ustozlik qilib keladi. Bolalarning aytishicha 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan san’atsevar bolajonlar haftasiga 3 marotaba kelib, surat chizish sirlarini o‘rganib ketishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring