«O‘zmilliybank» AJ Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining sifat boshqaruvi bo‘yicha «Quality Achievements Award 2021» mukofotini qo‘lga kiritdi
![«O‘zmilliybank» AJ Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining sifat boshqaruvi bo‘yicha «Quality Achievements Award 2021» mukofotini qo‘lga kiritdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3817868045.jpg)
Dunyodagi ilg‘or korxonalar, davlat idoralari va tashkilotlarning sifat boshqaruvi sohasidagi yutuqlarini etirof etish va taqdirlashga bag‘ishlangan Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining xalqaro konvensiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksionerlik jamiyati («O‘zmilliybank» AJ) amalga oshirilgan ishlar sifati va O‘zbekiston aholisiga taqdim etilayotgan xizmatlar uchun «Quality Achievements Award 2021» mukofotini qo‘lga kiritdi.
Image2021 yilning 11 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining, hajmi va geografik joylashuvidan qat’i nazar, tashkilotlarda sifat darajasini oshirishga xizmat qiluvchi «Quality Achievements Award 2021» sovrindorlarining rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda yetakchi Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, BAA, Malayziya, Singapur, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, JAR kabi 100dan ortiq davlatlarning tashkilotlari ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat tashkilotlari orasida «O‘zmilliybank» AJ mazkur mukofotga loyiq deb topildi.
Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining a’zolari hamda ekspertlari tomonidan «O‘zmilliybank» AJ ning biznes faoliyat yuritishdagi ilg‘or tajribasi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va O‘zbekiston bank sektoridagi muhim roli alohida ta’kidlandi. Shuningdek, horijiy tashkilot ekspertlari va mutaxassislari ESQR Quality Performance Model sifat modeliga asoslangan qiymat tizimini amalga oshirish va qo‘llashni nazarda tutuvchi Bank faoliyati transformatsiyasini ham alohida ta’kidladilar.
Ma’lumot o‘rnida: Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyati Shveysariya tashkiloti bo‘lib, u kompaniyalar, davlat tashkilotlarida taqdim etilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, ilg‘or biznes g‘oyalari, texnologik innovatsiyalar, sifat sohasidagi yutuqlarni e’tirof etish bo‘yicha nufuzli mukofotlarni topshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter