O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq to‘lash muddati uzaytiriladi

Soliq kodeksining 408-moddasida nazarda tutilgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshirilishiga oid norma qayta ko‘rib chiqildi va bu muddat 31-dekabrga qadar etib belgilandi.
Bu haqda Senatning beshinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu imtiyozlar «Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topgan.
«Ish stajiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ijtimoiy soliqni to‘lash muddatining 31-dekabrga qadar uzaytirilishi bir qator qulayliklarni yaratadi. Jumladan, ushbu tartib asosida mehnat bilan band shaxslar bazaviy hisoblash miqdorida 1 yilda 1 marotaba ijtimoiy soliqni to‘lasa, 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi mumkin», – deyiladi Senat xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter