Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsga soliq xizmati organiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki soliq organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoni berilishi mumkin.

Bu borada e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritilyapti.

Unga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yohud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestiriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar (marketpleyslar) tomonidan  ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Bunda so‘rovnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet yohud belgilangan tartibda davlat reyestiriga kiritilgan va soliq xizmati organiga integratsiya bo‘lgan elektron platformalar (marketpleyslar) orqali elektron shaklda elektron raqamli imzo yoki imzo sifatida tan olinadigan biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan «Face-ID» usullar yordamida mustaqil ravishda, shuningdek davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.

Elektron tijorat platformalar (marketpleyslar) yuzi orqali biometrik identifikatsiya qilishda O‘zbekistonda «Kiberxavfsizlik» DUK ijobiy xulosasi berilgan tizimlardan foydalanishi shart. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring