Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zimizning gazni qachongacha jahon narxida sotib olamiz?

O‘zimizning gazni qachongacha jahon narxida sotib olamiz?

Foto: «Ria.ru»

O‘zbekiston Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasidan 600 million dollar qarz bo‘lib qolgani haqida xabarlar berilgan edi. «Davletovuz» kanalida ushbu holat bo‘yicha yangi tafsilotlar e’lon qilindi.

«Milliy g‘ururimiz va monopolistimiz «O‘zbekneftegaz»ning «Lukoyl» oldida 600 mln.dollar miqdorida qarzi qanday shakllanganligi borasida ayrim ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.

Aytishlaricha, «O‘zbekneftegaz» qishki mavsumda «Lukoyl»dan O‘zbekistonda qazib chiqarilgan gazni jahon narxlarida, ya’ni 120 dollardan sotib olib, ichki iste’molchilarga 40 dollardan yetkazib berib kelgan va bir yilda 600 mln. dollar qarzdorlik yig‘ilgan. Hozirda ushbu qarzdorlik bo‘lib to‘lash shartlarida restrukturizatsiya qilingan emish. Qo‘shimchasiga bu yil ham iste’molchilarga uzluksiz gaz yetkazib berish shiori ostida yana «Lukoyl»dan jahon narxlarida gaz sotib olish rejalari mavjud ekan.


Mavzuga oid: Gazimizni xorijliklarga berib, yana ular oldida qarzdormiz. Xalqimizga gazni qaytaring!


Oddiy fuqaroda savol tug‘iladi, qanday qilib chet el kompaniyasi O‘zbekistonda qazib olayotgan gazni o‘zimiz sotib olsak, yana jahon narxlarida. Afsuski shunday. «Lukoyl», «Zarubejneftegaz», «Gazprom» kabi kompaniyalarning O‘zbekiston hududida gaz va neft konlarini o‘zlashtirishi mahsulotni taqsimlash shartlarida (SRP) amalga oshirib kelinmoqda. Ya’ni kompaniya gaz, neft konini o‘zlashtiradi va chiqqan mahsulotning 50, 60, balki 70 foizini olib chiqib ketadi. Hududdagi ijtimoiy holat, infrastruktura, ekologiya, yoqilg‘i balansi kabilar yumshoq qilib aytganda, ularga qiziqmas. Qo‘pol qilib aytganda esa...

Afrikaning eng qoloq va o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan davlatlarini inobatga olmasa, zamonaviy dunyoda SRP shartlarida neft va gaz konlarining o‘zlashtirilishi usulidan allaqachon voz kechilgan va voz kechilmoqda ham.

Agar kelajakni, farzandlarimizni o‘ylasak va yana xom-ashyo mustamlakasi bo‘lishni istamasak bundan buyon tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishda SRP shartlarini qo‘llamaslik haqida o‘ylash vaqti yetib keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 10 yil davomida «O‘zbekneftegaz» qazib chiqarayotgan gaz hajmi 60 milliard.kubdan 40 milliard.kubgacha kamaygan, SRP shartlarida xorijiy kompaniyalar qazib chiqarayotgan gaz hajmi esa 5 mlrd.kubdan 20 mlrd.kubga yetgan. Agar shu tendensiya saqlansa, yana 5-10 yil ichida mamlakatda qazilayotgan gaz to‘la to‘kis SRP shartlarida xorijiy kompaniyalar ixtiyoriga o‘tib ketadi va o‘zimizga tegishli gazni o‘zimiz jahon narxlarida sotib oladigan va qo‘shimchasiga abadiy qarzdor holatidagi mustamlaka o‘lka darajasiga yetib boramiz.

Bularning barchasi shaxsiy fikr, albatta».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring