Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»dan navbatdagi ogohlantirish: yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!

«O‘zgidromet»dan navbatdagi ogohlantirish: yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 9-11-yanvar kunlari yo‘llarda harakatlanish qiyinlashishi mumkin.

Jumladan, A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovoni hududida hamda M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15-22 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovonlar hududida harakatlanishda barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlagan xolda harakatlanishni, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikni, avtotransport shinalariga e’tiborli bo‘lishni va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatimizda 10-15 yanvar kunlari respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring